Metall (list) tunukali konstruksiyalar

Metall (list) tunukali konstruksiyalar – fazoviy yupqa devorli konstruksiyalar, ularning tayanch asosi tekis yoki qayrilgan metall plitalar bo’lib, turli shakldagi qobiqlarni hosil qiladi. Ko’pincha ular suyuqliklar, gaz va sochiluvchan materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan, yupqa devorli yopiq qobiq shaklidagi konteynerlardir. Bularga rezervuarlar, gazgolderlar, bunkerlar, siloslar, katta diametrli quvur o’tkazgichlar, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoatlar uchun maxsus konstruksiyalar (domna pechlari korpuslari, havo isitgichlar, chan yig’uvchilar, elektr filtrlar, kimyoviy idishlar va neftga oid uskunalar va boshqalar), tutun va shamollatish quvurlari, tutash devorli minoralar, gradirnalar, AES qobig’ining himoya inshootlari va boshqalar kiradi.