METALLAR STRUKTURASI

METALLAR STRUKTURASI — metallarning ichki tuzilishi manza- rasi; oddiy ko’z b-n yoki lupa va mikro- skopda, rentgen nurlari yordamida aniqlanadi. Oddiy ko’z b-n yoki lupa orqali ko’rinadigan M.s. makrostruktu- ra, mikroskopda ko’rinadigani mikro- struktura, rentgen nurlari yordamida aniqlanadigani rentgenostruk-tura dey- iladi. Makrostruktura ni aniqlashda namunaga reaktiv eritma (kuchsiz kis- lota eritmasi) ta’sir ettiriladi, ya’ni xurushlanadi, metallning ayrim kom- ponentlariga reaktiv turlicha ta’sir etganidan namunada makrorelef hosil bo’ladi. Bunday na-muna sirti makrosh- lif deb ataladi. Quyma metallning makrostrukturasi dendrit tuzilishida bo’ladi. Quyma metall bosim b-n ishlan- sa, dendritlar cho’zilib, tolalar hosil qiladi. Bunda metall makrostruktura- siga qarab, deformasiyalanganlik da- rajasini va tolalarning yo’nalishini aniqlash mumkin. Maxsus xurushlash usullaridan foydalanib, metallning bir jinsligini, ichki nuqsonlari (darz, aralashma, g’ovak va b.) ni bilish mumkin. Makrostrukturani tekshirish usuli sa- noatda va i.t. ishlarida qo’llaniladi. Metallarning mikrostruktur as i. Texnik metallarning hammasi nomunta- zam shaklli mayda kristallar — dona- lardan tuzilgan. Bularni optik yoki elek- tron mikroskop yordamidagina ko’rish mumkin. Mikro-strukturani aniqlash uchun metalldan namuna qirqib olinib, bir tomoni ko’zgudek yaltiratiladi; unga reaktiv eritma ta’sir ettiriladi. Bun- da namuna sirtida mikrorelef (mi- kroshlif) hosil bo’ladi. Mikroshlif mikroskopda kuzatilsa, mikrostruk- turasi yaqqol ko’rinadi. Mikrostruk- Turani o’rganish metallar sifatini baholashning asosiy usullaridan biri- dir. Metallarning rentgenostruk-turasi ni aniqlash uchun rentgenografiya usu- lidan foydalaniladi. Bu usul metal kristall panjarasidagi bir qator atom- larning rentgen nurlarini difraktsiya- lashga asoslangan (q. Kristall panjara, Metallografiya). Ld..To’raxonov A. S, Metallshunos- lik va termik ishlash, T., 1968.