Metallurgiya

Metallurgiya (metall va yunoncha yergon — ish) — ruda va tarkibida metall bo`lgan materiallardan metall olish, metall va qotishmalarning kimyoviy tarkibini, strukturasini o`zgartirish jarayonlarini o`z ichiga olgan fan, texnika va ishlab chiqarish sohasi. Yer bag`ridan qazib olingan rudalarga dastlabki ishlov berish, metall va qotishmalar olish, rafinatsiyalash (tozalash), ularga ma’lum shakl va xossalar berish ham metallurgiya vazifasiga kiradi.