Metan
Metan (kon gazi, botqoq gazi), SN4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to’yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo’lib, boshqa alkanlar singari radikal o’rin almashinish reak- tsiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va b.)ga ki- rishadi. M. — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, tsel- lyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo’ladi.Saturn, Yupiter va uning yo’ldoshi bo’lgan Titan atmosferasi- ning asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki kreking- gazdan past t-rali distilyasiyalash yo’li b-n ajratib olinadi. Lab.da atsetatlar- dan, karbid yoki metallarning metil- galogenidlaridan olinadi. M. yonilg’i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va b. mahsulotlar i.ch.da qo’llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, kumir konlarida yuz beradigan noxushli- klar shuning oqibatida kelib chiqadi.