Meteorologik stansiya

Meteorologik stansiya — muayyan muddatlarda turli asboblar yordamida izchillik bilan meteorologik kuzatishlar olib borib, ob-havo holatini ma’lum qilib turadigan stansiya. Meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar asosida ob-havo bashorati tuziladi.