Metiloranj
Metiloranj, geliantin (na- triy yadimetilaminoazobenzol sul- fonat) — sun’iy organik bo’yagich mod- da. Diazolangan sulfanil kislotani Di-metilanilinga qo’shib olinadi. Rn 3,1—4,4 bo’lganda qizil rangi sariqqa aylanadi. Analitik kimyoda 0,04% li suvdagi eritmasi yoki 0,1% li etanolda- gi eritmasi indikator sifatida ishla- tiladi. Eritmalar muhitining vodorod ko’rsatkichini aniqlashda qo’llanadi (yana q. Indikatorlar).