Metodik pech
Metodik pech — metall zago- Tovkani bolg’alab, prokatlab yoki shtam- plab ishlov berishdan oldin qizdirish uchun mo’ljallangan pech. Unda metal zagotovkalar uzluksiz harakatlanib tu- radi, ularni muayyan rejimda asta-sekin (metodik tarzda) qizdirib boriladi. M. p.da metodik zona; payvandlash va tindi- rish zonalari bo’ladi. Metodik zonada zagotovka dastlabki qizdirish jarayo- nidan o’tadi, payvandlash zonasida bir nechta birin-ketin joylashgan zonacha- lar bo’lib, ularda zagotovka asta-sekin qizdirib boriladi, tindirish zonasida haligi qizigan zagotovka muayyan muddat ushlab turilib t-rasi tenglashtirila- Di, ya’ni tindiriladi. M. p.da zagotov- ka yonish mahsulotlari oqimiga qarama- qarshi harakatlanadi. M. p. tuzilishi jihatdan har xil, Le- kin ish tartibi bo’yicha bir xil buladi. Unda gazsimon yoki suyuq yoqilg’i yoqiladi. Katta M. p.lar ish qismining uz. 50 m gacha, eni 13 m gacha, ish unumdorligi 400 t/soat dan ortiq bo’lishi mumkin. M. p. deyarli barcha yirik mashinasoxchik z-dlarida qo’llaniladi.