Metropoliten-opera
Metropoliten-opera (Metropolitan Opera) — AQSh ning etakchi opera teatri, opera san’atining yirik markazlaridan. 1883 y.da Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, ja- miyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga faoli-yat ko’rsatadi. AQShda yagona doimiy ishlaydigan ope- ra teatri (har yili 7 oy davomida fao- liyat ko’rsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, etakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki ma’lum muddatga taklif etiladi. Dast- labki yillari frantsuz va nemis kompo- zitorlari (ko’proq R. Vagner) asarlari asosiy o’rin olgan. 1909 y.da ilk bor Ame- Rika kompozitori (F. Konvers, «Ehtiros trubkasi») asari sahnalashtirildi. A. Toskanini ishlagan davrida (1908— 15) repertuari italyan, frantsuz, rus kompozitorlari asarlari b-n boyigan. 1910 y.lardan boshlab operalar har bir xalqning o’z ona tilida ijro etilmoqda. Turli davrlarda «M.-o.»da dunyoning eng mashhur xonanda va dirijyorlari faoliyat ko’rsatgan. 1950— 72 y. lari teatrni R. Bing boshqarib, spektakllar- ning sahnaviy va musiqiy saviyasini ko’tarishga katta hissa qo’shgan. «M.-o.» repertuaridan Evropa (J. Verdi, K. Ve- ber, g. Berlioz, J. Vize, J. Rossini, J. Puchchini, R. Vagner, P. Chaykovskiy, M. Musorgskiy, K. Debyussi, R. Shtraus, B. Britten, A. Berg va b.) va Amerika (D. Teylor, L. Gryunberg, Xanson, S. Bar- ber va b.) kompozitorlari asarlari urin olgan. Teatr qoshida «Min-Meg» kamer opera teatri tashkil etilgan (1973). 1966 y.da Nyu-Yorkdagi «Lincoln-center «hududidagi yangi binosi (me’mor u. K. Xarrison) zamonaviy uskunalar b-n jihozlangan, zali 3800 o’rinli. Olimjon Bekov.