MEVA-SABZAVOT KONSERVALARI
MEVA-SABZAVOT KONSERVALARI — meva va sabzavotlarga turli usullarda ishlov berish yuli b-n tay- yorlanadigan konservalar. Meva konser- valari: shakar qo’shib konservalangan yangi rezavor mevalar yoki ulardan tay- yorlangan kompotlar, pyure, sharbatlar (q. Meva sharbati), murabbo va b. Shu- ningdek, muzlatilgan mevalar, rezavor mevalar ham meva konservalariga kira- Di. Sabzavot konservalari: to’g’rab yoki butun holida konservalangan sabzavot- lar (sabzi, lavlagi, gulkaram, ko’k noxat, pomidor, bodring, shirin ju-hori va b); sharbatlar (sabzi, pomidor, lavlagi sharbatlari), quyuklashtirilgan pomidor mahsulotlari — pasta, souslar; usimlik moyida qovurilgan baklajon, sabzi, ka- bachki, pi-yozdan tayyorlangan gazaklar; marinadlangan, tuzlangan, sabzavotlar. Bolarlar iste’moli uchun konservalar pyuresimon va mayda to’g’ralgan holda, parhez konservalar biron bir kasalli- klari bo’lgan shaxslar iste’moli uchun maxsus resept bo’yicha tayyorlanadi. Qo’ziqorindan tayyorlangan konservalar ham sabzavot konservalariga kiradi. O’zbekiston konserva sanoatida, aso- san, meva va sabzavot konservalari ish- lab chikariladi. 2002 y.da respublikada 48,4 mln. shartli banka konservalar ish- lab chikariladi. Rixsivoy Jo’raev.