MEYSTERZINGERLAR SAN’ATI

MEYSTERZINGERLAR SAN’ATI (nem. Meister — usta, Singer — xo- Nanda) — Germaniyada 14-16-a.larda rivoj topgan xonanda va shoirlar ijo- Di. Meysterzingerlar O’rta asrda yashab ijod etgan boshqa hunarmandlar qatori, o’z uyushmalariga ega bo’lib, maxsus ri- sola (Tabulatura)larda qayd etilgan qoidalar asosida faoliyat ko’rsatishgan. Faqatgina yangi, o’ziga xos kuy yarata ol- gan hamda uni yuqori saviyada ijro eta olgan xonanda-ijodkor usta (Meister) unvoniga sazovor bo’lgan. Meysterzin- gerlar o’z qo’shiqlarini yakka tarzda cholg’u jo’rnavozligisiz ijro etgan. 14-15 a.larda qo’shiklarning she’riy asosini diniy, keyinchalik boshqa mavzular tash- kil etgan. X. Fols, G. Saks, G. Fogel va b. meysterzingerlar mashhur. R. Vagner M. s.ga bag’ishlab «Nyurnberg Meyster- zingerlari» operasini yaratgan.