Mezofitlar

Mezofitlar (mezo … va Yunoncha Phyton — o’simlik) — o’rtacha namlikdagi tuproqsa o’sadigan o’simliklar. Suvga bo’lgan talabiga ko’ra, gigrofitlar bilan kserofitlar orasida turadi. Mo’tadil mintaqalarda ko’p uchraydi. Mezofitlarning bargi yirik, och yashil, ildizi yuza joylashadi. Mezofitlarga ko’pgina qishloq xo’jaligi ekinlari va begona o’tlar kiradi. Masalan, yovvoyi xina, oqso’xta, sariqbosh, sebarga, g’o’za, kartoshka, pomidor, sabzi, bodring, beda va boshqalar.