Mezosfera
Mezosfera (mezo … Yun. sphaira — shar) — stratosfera ustida joylashgan, qalinligi 50 kilometrdan 80 — 85 kilometrgacha balandlikdagi atmosfera qatlami. Mezosferadan yuqorida ionosfera boshlanadi. Mezosferaning quyi qismidagi temperatura 0° atrofida bo’lsa, yuqori qismida 90° gacha yetadi.