Mezotermal konlar

Ma’nosi

Mezotermal konlar (mezzo … va therme — issiqlik) — foydali qazilmalarning gidrotermal konlari sinflaridan biri; yer qa’rining 5000 metr chuqurligigacha qatlamlarida juda katta bosim ostidagi va 300-200° temperaturali tsirkulyasiyalovchi minerallashgan qaynoq suv aralashmalarining mineral massasi yotqiziqlaridan vujudga keladi. Ular tomirlar, qatlamli tanalar va noto’g’ri shaklli yotqiziqlar hosil qiladi. Dastlab amerikalik geolog Vlindgren tomonidan ajratilgan (1907).

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar