Mialgiya

Mialgiya (Yun. mys — muskul va algos — og’riq) — muskullardagi og’riq. U o’tkir va kucheiz bo’lib, ko’pincha, bo’yin, ko’krak qafasi, tana, bel, oyoq-qo’l muskullarida kuzatiladi. Kasallik ke- skin harakat qilganda, sovuq kotganda, muskullar zo’riqqanda, shikastlanish- da va b. hollarda paydo bo’ladi. Bemor harakatlanganda yoki og’ir yuk ko’targanda og’riq zo’rayadi. Davosi M.ga sabab bo’lgan omilni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Asosan, quruq issiq qilinadi. Miass — RF Chelyabinsk viloyatidagi shahar. Miass daryosi sohilida. Aholisi 166,9 mingkishi (1998). M. 1773 y.da mis z-Di qurilishi munosabati b-n vujudga kel- gan (19-a. boshida yopilgan), shuningdek, oltin qazib olish markazi sifatida ham mashxur. 2-jahon urushi yillari- da (1941-45) Moskvadan evakuasiya qilingan uskunalardan birinchi Ural avtomobilsozligi — yuk avtomobilla- ri z-Di qurilgan. Shuningdek, «Miasse- lektroapparat», yog’ochsozlik va b. z-dlar bor. Shahar atrofidan oltin, talk, marmar qazib chiqariladi. Chelyabinsk politexnika in-tining kechki f-ti, geologiyaqidiruv va Avtomexanika texni- kumlari, ped. va musiqa bilim yurtlari, o’lkashunoslik va mineralogiya muzeyla- ri hamda M. yaqinida Ilmen mineralo- giya qo’riqxonasi mavjud.