Michigan
Michigan — AQShning shim. qismidagi shtat. Buyuk ko’llar sohilida, Kanada b-n chegaradosh. Mayd. 151,5 ming km2. Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Ma’- muriy markazi — Lansing sh.; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt. M. hududi yuqori ko’l, Guron va Mi- chigan ko’llari oralig’idagi ikkita yarim orolda joylashgan. Er yuzasi sertepa te- kislik, eng baland joyi 604 m. Ikdimi mo»tadil iqlim, shim.da qish sovuq. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -7°, iyulniki 21°. Yillik yog’in 800 mm. M. — AQShning sanoati rivojlan- gan shtati. Ishlab beruvchi sanoat kor- xonalarida iqtisodiy faol aholining 35% ishlaydi. Metallurgiya, mashina- sozlik va metallsozlik rivojlangan. Detroyt va uning atrofida hamda Flint, Lansing va b. shaharlarda «Je-neral mo- Tore», «Ford» va «Kraysler» kabi yirik avtomobil z-dlari joylashgan. Maxsus po’lat va tunuka i.ch., qora va rangli me- tallardan buyumlar quyish, stanok, pribor, elektr usku- nalari, lok-bo’yoq, rezina i.ch. AV- . tomo- bilsozlik sanoati b-n bog’liq. : Harbiy, kimyo, silikat-keramika, i oziq-ovqat, yog’ochsozlik, mebel, qog’oz sanoatlari ham rivojlangan. Temir va mis rudalari, osh tuzi qazib chiqariladi. Q.x. sut va sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan. Meva, uzum etishtiri- ladi, qand lavlagi ekiladi. K-«- Tovar mahsulotining 55% ni chorvachilik bera- Di. Turizm rivojlangan.