Mid (Meade) Jeyms Eduard

Mid (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — in- gliz iqtisodchisi. 1937 y.da Millatlar Ligasi kotibiyatida «Jahon iqtisodiy sharhi» nashri muharriri. 1940 y.da Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliya- viy va savdo tizimini qayta qurish muammolari b-n shug’ullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibi- yatining iqtisodiy bo’limi direktori (1940-45), London iqtisodiy maktabi prof. (1947-57), Kembrijunti siyosiy iqtisod prof. (1957-1969). Asosiy asarlari: «iqtisodiy siyo- sat nazariyasi I. To’lov balansi» (1951), «Xalqaro savdo geometriyasi» (1952), «Iqtisodiy siyosat nazariyasi P. Sav- do va farovonlik» (1955), «bojxona ittifoqlari nazariyasi» (1955), «Iqtisodiy o’sishning neoklassik nazariyasi» (1961), shuningdek, siyo- siy iqtisod tamoyillari tadqiq etil- gan «o’sayotgan iqtisodiyot» (1968), «Boshqariladigan iqtisodiyot» (1970), «Barqaror iqgisodiyot» (1971), «ado- latli iqtisodiyot» (1975), «talabni boshqarish» (1983) va b. M. xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo opera- tsiyalari o’rtasidagi muvozanat shartla- rini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro sav- doning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega bo’lmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga ta’sirini asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daro- madlarning taqsimlanishi, capital jamg’arish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin b-n birgalikda).