Mikroo’g’itlar

Mikroo’g’itlar — tarkibida o’simliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux, molibden, Mar- ganes va b.) bo’lgan o’g’itlar. M. asosiy o’g’itlar (azotli, fosforli va kaliyli) b-n birga o’simliklarning so-g’lom o’sishi va hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqsa o’simliklar o’zlashtira oladigan mikroelementlar etishmagan hollarda qo’llaniladi. Bu- lardan tashqari, tarkibida bir necha mi- kroelementi bo’lgan polimikroo’g’itlar ham ishlatiladi. Bor, marganes, rux qo’shilgan superfosfatlar, nitrofoska- lar, molibden va bor qo’shilgan fosfor- kaliyli o’g’itlar, bor, mis, rux va b. mi- kroelementlar qo’shilgan har xil aralash o’g’itlar makro — va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. M. sug’oriladigan zonalarda ekinlarga kam mikdorda: borli M. gektariga 1 kg, molibdenli M. 0,5— 1 kg, misli M. 1-2 kg, ruxli M. 2 kg, marganesli M. 4-6 kg ta’sir etuvchi modda hisobida solina- Di. Mas, tuproqqa borli o’g’itlar solin- ganda 1 ga erdagi qand lavlagi hosili 20-40 ts, sebarga va beda urug’i 0,5—1,0 ts, zig’ir urug’i va tolasi 1-2 ts, beda pi- chani hosili 5—7ts; marganesli o’g’itlar solinganda g’alla, sabzavot hamda reza- vor-mevali ekinlar hosili 10% osha- Di. M. tuproqqa ekishdan oldin solish, qo’shimcha ozikdantirish (mikro-element- larning 0,1—0,05% eritmasini pur- kash), urug’likka ekishdan oldin ishlov berish (urug’likni ularning 0,02—0,05% eritmalari b-n ho’llash) usullarida ish- latiladi.