Mikrosefaliya

Mikrosefaliya (mikro… va Yunoncha kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso bo’lgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan og’rishi, toksoplazmoz, ba’zan homilaning meningoentsefalit bo’lishi Mikrosefaliyaga sabab bo’ladi. Mikrosefaliyada aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Bunda esipastlikning engilroq xilidan to telbalikkacha bo’lgan shakli uchrashi mumkin.