MIKROSIYOSAT

MIKROSIYOSAT — jamiyatdagi ayrim tashkilotlar: partiya, kasaba uyushmalari, yoshlar harakati, korxona, firma, mahalla va shunga o’xshash siyosat subyektlarining mahalliy miqyosda amalga oshiriladigan siyosat. Unda ham umumdavlat miqyosida olib boriladigan siyosatdagi kabi aloxida olingan jamoa oldida turgan maqsad-vazifalar belgilanadi, mavjud muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqiladi, turli masalalar bo’yicha qaror va ko’rsatmalar qabul qilinadi, xizmat lavozimlari, olingan foyda, daromad taqsimlanadi, ma’muriy jazolash yoki rag’batlantirish tatbiq qilinadi, shaxs va guruhlarning hokimiyatni qo’lga kiritish va o’z manfaatlarini qondirish uchun harakat, intilishlari amalga oshiriladi.