Mikroskop
Mikroskop, zarrabin (mikro… va Yun. skopeo — qarayman) — mikrozarra- larni, ko’zga ko’rinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M.ning kattalashtirishi difraktsion hodisalar (q. Difraktsiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500-2000 martani tashkil qiladi. Odam ko’zi 250 mm uzoqlikdagi zarralar urtasidagi ma- sofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam ko’pchilik odamlarda 0,20 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroob’ekt lar (bakteriya, mayda kristallar va b.) o’lchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (ya’ni ajratish qobiliyati 0,25 mkm bo’lgan) M. mavjud (electron M.niki — 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashti- rib berishi 16-a.dayoq Niderlandiya va Italiyadagi ko’zoynaksoz ustalarga ma’- lum bo’lgan, (ikki linzali M.ni Nider- Land ustasi 3. Yansen 1590 y.da kurgan), lekin birinchi M.ni 1609-10 y.larda g. Galiley ixtiro qilgan, murakkab M.ning hisobini 1872 y.da E. Abbe qilgan. M.da ob’ektiv sifatida bir-biriga yopish- tirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga to’g’rilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. M.da ko’p linzali ob’ektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion ob’ektiv ishlatiladi. Im- mersion ob’ektivda nur sochilishi Kama- yadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan M. ob’ektivi yana ham sifatli bo’lishi zarur. M.da tekshiriladigan preparatlar o’zidan yorug’lik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Ob’ektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritili- shiga qarab tasvir kon-trastlari (ani- kligi) ortedi. Okulyar ham M.ning muhim kismi. Tekshiriladigan ob’ektga qarab okulyar- lar turlicha buladi. Okulyar sifatida ko’rish trubasi (ko’pincha, Gyuygens ti- pidagi okulyar) ishlatiladi. Yoritishda mikrokondensorlardan foydalanila- Di; u linzalar tizimidan iborat. Mi- krokondentorlarga Iris diafragmasi o’rnatiladi. Mikrokondensorlarning tuzilishi ham har xil; ba’zilari bitta linzasi olib qo’yiladigan qilib yasala- Di, bu hol mikroob’ektlarni tekshirish- ni osonlashtiradi. Ishlatish sohasiga qarab lyumines- tsent, ultrabinafsha, qutblovchi, Inter- ferentsion M.lar; tekshirish ob’ektiga qarab, biologik, elektron, metallogra- FIK M. va b. bo’ladi. Lyumi-nessent M. boshqa M.lardan ikkita (kondensor oldi- da va ob’ektivdan ke-yin qo’yiladigan) yorug’lik filtri mavjudligi b-n farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus M.lar ham mavjud, mas, tez va sekin uta- digan jarayonlarni kinolentaga tushi- radigan M., jarroxdik M.i, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan M. va h.k. Foto- grafiya, tibbiyot, biol., fizika va kimyo sohalarida M. ko’p ishlatiladi.