Mikrotron

Mikrotron (mikro… va … tron) — elektronlarning tsiklik rezonans tezlatkichi. Unda elektronlar rezonator- ning yuksak chastotali elektr maydoni, bir jinsli va o’zgarmas magnit maydoni- da aylanma t-raektoriyada harakatlanib tezlanish oladi. M.ni V. I. Veksler 1944 y.da taklif etgan. M., asosan, yuk- sak chastotali elektr maydoni manbai (magnetron), rezonator, elektronlar manbai va elektronlarni sochuvchi mag- nit tutqichdan iborat. M.da elektron- lar harakatini uyg’unlashtirish, maydon chastotasini o’zgartirib turish lozim. Bir jinsli magnit maydon N da relya- tivistik elektronning aylanish vaqti t uning to’liq energiyasi E ga proportsio- nal, ya’ni t=2n E/ ens (e — elektron za- ryadi, s — yorug’lik tezligi). Bunda q elek- tronlar oqimining rezonatorda har bir o’tishida energiyaning D£ ga o’zgarishiga mos keladigan vaqti At=qt=2nA E/ens ga oshadi. M.da avtofazalash printsipi amalga oshirilgan (yana q. Tsiklotron). M.larda monoenergiyali (birdek Energi- yaga ega bo’lgan zarralar oqimi) va yaxshi to’plangan (kollimasiyalangan) elektron- lar dastasi olinadi. Shuning uchun ular, ko’pincha, tez elektronlar (5-30 MeV) manbai sifatida relyativistik elektro- Nika, yadro fizikasi, tibbiyot, qattiq jism fizikasi, defektoskopiya va b. da ishlatiladi.