Mikrozarralar

Mikrozarralar — o’lchami 10 8 m dan 10 7 m gacha oralikdagi qiymatga mos kelgan barcha zarralar. Elemen- tar zarralar, yadro, atom, molekula M. hisoblanadi. M.ning katta jismlardan farqi: M. bir vaqtning o’zida ham to’lqin, ham korpuskulyar xususiyatga ega; M.ni xa- rakterlovchi fizik kattaliklar, asosan, diskret qiymatlargagina ega bo’lishi mumkin; M. harakati o’rganilayotganda t-raektoriya tushunchasi o’z mazmunini yo’qotadi, uning o’rnida M.ning fazo- ning biror kichik sohasida kuzatilayot- gan vaqt oralig’ida bo’lish ehtimolligi haqida fikr yuritish mumkin. M.ning harakati b-n bog’liq bo’lgan hodisalarni kvant mexanika o’rganadi.