Miksomisetlar

Miksomisetlar (Myxomyceta, Yun. tuxa — shilimshiq, mykes — zam- burug’), shilimshiqsimon zam-burug’lar — xlorofilsiz zamburug’simon organizm- lar tipi. Sporalar yordamida ko’payadi. 400 ga yaqin turi bor, ko’pchiligi kosmopo- lit. Vegetativ davri diploid, kup yadro- li protoplazma massali, reproduktiv davri esa pardali spora ko’rinishida. Har bir sporadan bitta (ba’zan ko’proq), ikkita xivchinli, harakatchan, qobiqsiz hujayra chiqadi. Bunday hujayralar bir necha marta bo’lingandan keyin mik- so-amyobalarga aylanib, zigotalar hosil qiladigan gametalar vazifasini baja- radi. Zigotalar plazmodiyni vujudga keltiradi. Keyinroq butun plazmodiy yoki uning bir bo’lagi sporali sporan- giyga aylanadi. M., odatda, o’rmonlarda, shuningdek, nam joylarda, chirigan yog’ochlarda yoki o’simlik qoldiqlarida rivojlanadi. Ko’pchilik M. saprofit; ba’zilari parazit, mas, karamda kila, kartoshkada kalmaraz kasalligini M. qo’zg’atadi.