Milet
Milet — Ioniya (kichik Osiyo) dagi qadimgi shahar. Antik davrda savdo, hunarmandchilik va madaniy markaz bo’lgan. Yunon kolonizasiyasida yetakchi rol o’ynagan (80 ga yaqin yunon manzilgohi bunyod etgan). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridagi Miletning qat’iy reja asosida qurilganligi — shaharsozlikning eng yaxshi namunalaridan biridir.