Militarizm

Militarizm (fransuzcha militarisme, lotincha militaris-harbiy so’zidan)-muaayn mamlakat hukmron doiralari davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida foydalaniladigan siyosiy, iqtisodiy va g’oyaviy vositalar tizimi. Qurollanish poygasi, harbiy byudjetlarning o’sishi, chet ellarda harbiy kuchlarni ushlab turishga zo’r berish, bosqinchilikni ko’zlovchi harbiy-siyosiy bloklar tuzish, mamlakat iqtisodiyoti va uning tashqi hamda ichki siyosatida harbiy-sanoat majmuining ta’sirini kuchaytirish Militarizmga xosdir. Militarizm atamasi ilk bor XIX asr o’rtalarida Napoleon III ning Fransiyadagi rejimini tavsiflash maqsadida qo’llanilgan.