MILLIY DAROMAD
MILLIY DAROMAD — jamiyatda ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yangidan hosil bo’ladigan qiymat yoki yalpi milliy mahsulotdan iste’mol qilinadigan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan so’ng qolgan qismi. Natural ashyoviy tarkibi jihatidan milliy daromad aholi shaxsiy iste’moli uchun mo’ljallangan iste’mol buyumlari va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Shuningdek, milliy daromadni ushbu yil yangidan sarflangan jonli mehnat natijasi sifatida ham ta’riflash mumkin. Milliy daromad ko’rsatkichi sof milliy mahsulot deb ham yuritiladi.