MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT)

MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) — makrodarajada o’zaro bog’langan, muayyan hisoblar yig’indisi va balansi tarzida tuzilgan jadval; iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot tarkibi va milliy xo’jaliklardagi muhim o’zaro aloqalar natijasini tavsiflaydigan hamda bozor iqtisodiyotiga mos keladigan ko’rsatkichlar yig’indisi.