Milliy parklar

Milliy parklar — maxsus qo`riqlanadigan hududlar, eng yirik quriqxonalar. Milliy parklar uchun hayvon hamda o`simlik dunyosiga boy, e’tiborga loyiq g`orlari, qoyalari, ko`llari, buloqlari bo`lgan sermanzara va nodir landshaftli joylar tanlanadi. Milliy parklar go`yo tabiiy muzey sifatida qo`riqlanadi, ularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Milliy parklar odatda uch qism hududdan iborat bo`ladi: turistlar kirib bir necha kunlab bemalol dam olishi mumkin bo`lgan qism. Turistlar tomosha qilishi mumkin bo`lgan qism va qat’iy qo`riqlanadigan qism. Dunyodagi eng yirik milliy park Kanadadagi Vud-Baffalo, AQShdagi Iellouston va Yosemit, Keniyadagi Nayrobi, Shvetsiyadagi Sarek-Shyofalletsdir. Ularda nodir hayvonlar va o`simliklar, shuningdek diqqatga sazovor tabiiy ob’yektlar bor.