Milya
Milya (lot. milia passum — mingta qo’sh qadam) — xalqaro birliklar tizimi Si ga kirmagan uzunlik o’lchovi birligi. M. qadim zamonda qo’llanilgan; hozir esa metrik konventsiyaga a’zo bo’lmagan davlatlarda, shuningdek, dengizchilikda foydalaniladi. Har xil qiymatlarga ega M.lar mavjud: 1) xalqaro dengiz M.si — Er meridiani 1 minut yoyining o’rtacha uzunligi, 1852 m ga teng; 2) Britaniya dengiz M.si — 1853,184 m; 3) geogra- fiya M.si — ekvator 1/15 gradus yoyining uzunligi, 7420,4 m ga teng; 4) Britaniya quruqlik M.si (AQSh da qo’llanadi) -5280 fut ~ 1609,344 m; 5) eski rus M.si =7467,6 m; 6) eski Rim M.si =1481 m. Turli xil M.lar orasidagi bog’lanish quyidagicha: 1 eski rus M.si =4,038 den- giz M.si=4,669 quruqlik M.si.