Mina qidirgich
Mina qidirgich — Daryo va dengiz- da suv tagiga, quruqlikda erga qo’yilgan (ko’milgan) metall minalarni toppish uchun mo’ljallangan radioelektron va elektromagnit qurilma; mina maydoni- ni razvedka qilishning asosiy vositasi. Birinchi marta harbiy muhandis B. Ya. Qudimov 1939 y. yaratgan. M.q — buklama tayoqcha mahkamlangan qidirgich-panjara, elektr toki b-n ta’minlab turuvchi ba- tareya, quloqqa tutiladigan telefon va birlashtiruvchi kabellardan iborat. M. q. ni, asosan, bir kishi ishlatadi. No-metall minalar shchuplar (paypas- lagichlar) yoki boshqa usullar yordamida qidiriladi. M.q. 50 sm tuprok, ostida- gi, 1 m chuqurlikdagi suv ostidagi mina- larni aniqlab signal beradi. M. q. dush- Manning minalashtirilgan maydonidan o’tishda, joylarni minalardan tozalash- da qo’llanadi.