MINERAL QO’SHIMCHALAR
MINERAL QO’SHIMCHALAR — hayvonlar rasionini minerallar tar- kibi bo’yicha me’yorlashtirish uchun ozuqa rasioniga qo’shiladigan sun’iy tayyorlangan yoki tabiiy mahsulotlar. Ko’pincha o’simlik va em-xashakda na- triy va xlor kam bo’ladi. Shuning uchun, asosan, o’simliklardan iborat ozuqalar b-n boqiladigan hayvonlarga mineral qo’shimcha sifatida tarkibida natriy va xlor bo’lgan osh tuzi beriladi. Shuning- dek, kaltsiy qo’shimchalari sifatida bo’r, t-ravertin (ohaktosh), sapropel, suyak uni, ohak, yog’och kuli, gips va b. qo’shiladi (mas, bo’r tarkibida 37% kaltsiy, 0,5% kaliy, 0,18% fosfor, 0,3% natriy, 5% kremniy mavjud). Parrandachilikda kaltsiy qo’shimchalar sifatida mayda- langan tu-xum po’chog’i va chig’anoqlardan foydalaniladi. Rasionda kaltsiy va fosfor etishmasa ozuqabop fosfatlar qo’shiladi. M.q. kontsentratlar, silos, mayda qilib to’g’ralgan ildizmevalar b-n aralashtirib beriladi. M.q. aralash emlarga qo’shilishi zarur bo’lgan kom- ponentlardir. Mineral ozuqalardan z-dlarda tuz aralashmalari, yalama tuz- lar, bri-ketlar, tabletkalar tayyorlana- Di. M.q. faqat yirik mollarga emas, bu- zok/iapra xam beriladi. Buzoqlar 2-3 kunligidan yalab turishi uchun ular saqlanadigan joydagi oxurga osh tuzi, bo’r solib qo’yiladi. Ro’zimat Hamroqulov.