Mineral tola (vata)

Mineral tola (vata) – shishasimon tolalarning zaif zichlangan massasi ko’rinishidagi issiqlik izolyatsiyalovchi material. Cho’kindi aralashmalari (mergel, dolomit, ohaktosh) va vulqon otilishi oqibatida hosil bo’lgan tog’ jinslari (diabaz, bazalt, porfirit va hokazolar)dan olinadi. Mineral tolaning issiqlik izolyatsiyalovchi xossalari tolalar orasidagi yuqori miqdordagi (95% gacha) havo bilan shartlanadi. Mineral tolalardan asosan tayyor buyumlar (turli bikirlikdagi plitalar, matlar, shamolga qarshi maxsus plitalar va hokazolar) tayyorlanadi.