Minesteriallar
Minesteriallar (lotincha minesteriales, ministerium-xizmat, lavozim so’zidan)-o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada (asosan, Germaniyada) mayda ritsarlar tabaqasi, kichikroq lenlarni boshqarishgan va monarx yoki yirik feodalga harbiy xizmat o’tashga majbur bo’lishgan. Minesteriallar qatlami unvonga ega bo’lmagan xizmatkor kishilarni ozod qilish va imtiyozlarini kengaytirish asnosida shakllangan. Len tizimi taraqqiy topishi bilan Minesteriallar len olganlar va ritsarlik xizmatiga jalb etilganlar. Minesteriallar nafaqat harbiy xizmat, balki saroy, ma’muriy va xo’jalik xizmatini ham o’taganlar. XII-XIV asrlarda Germaniyada shaxsiy ozodlikni qo’lga kiritgan. Minesteriallar alohida qatlamga va nemis knyazliklarida markaziy hokimiyat tayanchlaridan biriga aylanganlar. Shu davrda ayrim Minesteriallar kichik dvoryanlarga aylana borgan. XV asrda Germaniya ritsarlari o’zagini Minesteriallar tashkil etgan.