Mingboshi
Mingboshi — harbiy ma’muriy mansab; 1) ming kishidan tashkil topgan harbiy qism qo’mondoni. Turk xoqonligi, Qoraxoniylar, Temuriylar armiyasida mingbegi. M. tug’, karnay, soyabon va cho- dirga ega bo’lgan. Du-bulg’a, zirh, sovut, nayza, qilich, sadoq va o’q-yoy b-n ta’- minlangan, o’nboshi, yuzboshilar M.ga bo’ysungan. M.ning noibi — o’rinbosari bo’lgan. Amir Temur qo’shinida yuzta M. harbiy qismlarga sardorlik qilgan, jangda zafar quchgan. M., viloyat voliysi mansabi b-n taqdirlangan; 2) O’rta Osiyo xonliklarida harbiyma’muriy mansab. Qo’qon xonligida xondan keyingi 2-oliy mansab. Asosan, harbiy ishlarga muta- saddilik qilgan. Xiva xonligisi saroy- dagi eng kichik amaldor; 3) Eron va Xuro- sonda 18-a.da M. harbiy Sardor, turkman- larda kabila boshlig’i; 4) O’rta Osiyoning ruslar tomonidan bosib olinishi arafa- sida Toshkent, Oqmachit (hoz. Qizil-O’rda) singari shahar hokimlari. Key-inchalik M. Toshkent dahalari boshliqlari. Daha M.si aholi tomonidan saylanib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan. 19-a. oxiriga kelib M. shaharda tijorat ish- larini nazorat qiluvchi kichik mansab egasiga aylangan; 5) 20-a.ning 20-y.la- rida M. O’zbekistonda bir yoki bir necha qishloq birlashuvidan tashkil topgan ma’muriy idora boshlig’i sifatida fao- liyat ko’rsatgan.