Mingbuloq botig’i
Mingbuloq botig’i — qizil- Qumdagi botiq (Navoiy viloyati). Bo’kantovning Jan. etagi bo’ylab g’arbdan sharqqa 100 km, Jan.dan shimolga 30— 35 km cho’zilgan. Umumiy mayd. 5400 km2. M.b. asimmetrik sinklinal tarzida tu- zilgan bo’lib, shim.da Bo’kantovning Tu- babergen, aytim, Ko’kpatos tog’lari, G’arb va Jan.dan uncha baland bo’lmagan tepa- liklar b-n o’ralgan. Botiqning eng past joyi — 12 m (Qizilqumning eng past joyi). Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziklaridan tarkib topgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o’rtacha t-ra 11 — 15°, yillik yog’in miqdori 120-140 mm. Shamolning o’rtacha tezligi 2,3—7,3 m/sek. Bu erda bir necha bulok, suvla- ri birlashib, kichik soy hosil qilgan. M.b.da bo’z tuproq, sho’rxok, sho’rtoblar, qumli va shag’alli tuproqlar uchray- Di. Efemer, efemeroid o’simliklar, saksovul, astragal va teresken ko’p. Hayvonot dunyosi, asosan, kaltakesak, ilon, toshbaqa, yumronqoziq, qo’shoyoq, qumsichqonlardan iborat. M.b.dan yaylov sifatida foydalaniladi.