MINGYILQI TIZMASI
MINGYILQI TIZMASI — Chatqol tog’lari tarkibidagi (Toshkent viloyati) tizma. Qoraarcha, Katta May- dontol, Berkota, Nurakota soylari havzalarida joylashgan. Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa yo’nalgan. Uz. 10 km. Eng ba- Land joyi (Qoraungur tog’i) 2942 m. Tiz- mada uchta balandlik: Qoraungur (2942m), Jar (2936 m) va Nomsiz (2842 m) yaqqol ifodalangan. M.t. o’rtacha, ba’zi joy- larda kuchli parchalangan. Suv-ayirg’ich qismi esa kam parchalangan. Yalang’och qoyali qirralar uncha yaxshi ifodalanma- gan. Shim.da katta Chimyon (3309 m) tog’iga tutashib ketadi. M.t. quyi karbon davri- ning metamorfik va cho’kindi jinslari- dan tashkil topgan. Quyi qismida Ji- garrang tuproklarda siyrak archazorlar b-n turli o’tli bug’doyiqzorlar uchray- Di. 2600-2800 m balandlikda subalp o’tloqlari mavjud. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlarning o’rtacha mahsuldorligi gektariga 6-10 ts.