Minimalizm
Minimalizm (ing. Minimal Art — minimal san’at) — ijodiy yo’nalish. 1950-60 y.larda Sharq (ayniqsa, dzen- buddizm) falsafasi ta’siri ostida AQSh san’atida yuzaga kelgan. Rassom- lardan K. Andre, D. Jads, R. Morris, T. Smit, F. Stella va b., musiqada (Stasis — holat, Systematic music — tartibli musiqa nomi b-n) S Rayx, T. Rayli, M. Yang, F. Gless, J. Adams va b. ijodida rivoj topgan. «Minimum vositalari b-n maksimum natijalarga erishish» M.ning asosiy mezoni bo’lib, san’atning turli ko’rinish (rangtasvir, Nasr, nazm, kino, musiqa)larida, madaniy hayotning turli jabha (moda, dizayn va b.)larida o’z AK- sini topgan. Kino ustalaridan J. M. Shtraub (Germaniya), K. Dreyer (Daniya), R. Bresson (Frantsiya), yozuvchi va shoir- lardan A. Voznesenskiy, Yu. Bondarev shu uslubda ijod qilgan. M.ga medita- tsiya (o’ylarga cho’mib xayol surish), sehrli, turg’un holatlar xos. O’zbekiston kompo- zitorlaridan D. Saydaminova, D. Yanov- Yanovskiy, P. Me-dyulyanova, A. Kim, N. G’iyosov va b. M. uslubiga murojaat qilgan. Aida Gabitova.