Minnesota

Minnesota — AQShning shim. qismidagi shtat. Mayd. 218,6 ming km2. Aholisi 5,01 mln. kishi (2002). Ma’- muriy markazi — Sent-Pol sh. Buyuk ko’llardan g’arbda joylashgan. Er yuzasi o’rqirli tekislik. Iqlimi mo»tadil kontinental iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 10-15°, iyulniki 17-22°. Yil- lik yog’in 700 mm gacha. Asosiy daryosi — Missisipi. Shim.-sharqida igna bargli o’rmonlar saqlangan; 10 mingdan ortiq ko’l bor. Temir rudasi (mamlakatda oli- nadigan rudaning 60%) qazib olinadi. Etakchi sanoat tarmoqlari: qora metal- lurgiya, mashinasozlik (jumladan, vagon- sozlik va kemasozlik). Harbiy, ko’nteri, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Sent-Pol, Minneapolis, Dulut-Syupirior. Q.x.da chorvachilik (sut-go’sht chorvachiligi) rivojlangan. Shtat sariyog’, quruq sut, pishloq i.ch., kurka go’shti etishtirish bo’yicha mamlakatda etakchi o’rinni egal- laydi. Bug’doy, Makka-jo’xori, lavlagi, dukkakliklar, zig’ir ekiladi. Ko’llar va Missisipi da-ryosida kema qatnaydi. Porti — Dulut-Syupirior.