Minorai Kalon

Minorai Kalon (katta Mino- ra), Arslonxon minorasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Muxandis va me’- mor baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. o’rnida avval ham minora bo’lgan, u qulab tushgach, hoz.si mustahkam qilib qayta qurilgan. Poyde- vori tosh va maxsus qir qorishmasidan te- rilgan. Er sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g’o’lasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-ko’shk b-n bog’langan. Minora yuqoriga ingichkala- shib boradi va muqarnas b-n tugaydi. Qa- fasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga mi- Nora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomo- nidan minoraga o’tiladigan ko’prikcha bo’lgan. M.k.ning o’zagi ham, bezagi ham chorsi g’isht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan. Bezak gishti o’rniga qarab turli shaklda, sirti silliq par- dozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bez- akli halqalari g’ishtin dandanalar b-n hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uch- raydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyincha- lik to’kilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida o’rin tutadi. Shakllarning o’zaro monandligi va mutanosibligi. handasiy uyg’unlik, ajoyib ko’rk va ma-hobatlilik M.k. ga chinakam go’zallik bag’ishlaydi. Tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Er ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil bo- Bomurodov tomonidan ochib ta’mirlan- gan (1960). Buxoroning 2500 yilligi mu- nosabati b-n M.k.da ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va qo’hna yodgorlikdari qatoridan Markaziy o’rin egallagan.