Minorat

Minorat (lotincha minor-kichik)-ko’chmas mulk meros qoldirish tizimi. Bunga ko’ra, vafot etgan kimsaning mol-mulki eng kichik o’g’il yoki aksariyat kichik qizga qoladi. Bu tartibda meros qoldirish qadimgi hind huquqiy to’plamlari, o’rta asrdagi huquqiy hujjatlarda qayd qiligan. Minorat mayoratning aksi bo’lib, asosan, dehqonlar muhitida va ko’proq aholining o’rta hol tabaqalari orasida uchraydigan vorislik tizimidir. XIX asr boshlarida Rossiya qonunida agar kichik o’g’il otasi bilan tursa u uy-joy va boshqa mulklarga merosxo’r bo’lgan. Minorat vorislik tartibi mamlakatimizda ham avvaldan mavjud bo’lib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan.