Mioglobin
Mioglobin (Mio… va globin) — murakkab oqsil. Tarkibi va xossa- lari jihatdan gemoglobinga o’xshaydi. M. oksigemoglobin hosil qila olga- nidan, ishlayotgan muskullarni zaxira kislorod b-n ta’minlaydi. Tuzilishi rent-genostruktura tahlili usulida aniqlangan. Bitta polipeptid zanjir- dan iborat. Umurtqali hayvonlar mu- skullarida to’qimaning quruq massasi hisobida 2%, suv ostida uzoq yashay ola- digan dengiz hayvonlari {tyullen, kit, delfin va b.) muskullarida 20% gacha M. bo’ladi. M. muskullarda molekulyar kis- lorodni to’plab, hujayralarning oksid- lanish sistemasiga o’tkazib berish xusu- siyatiga ega.