Miqqiy

Miqqiy (Falco tinnunculus) — lo- chinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Gavdasining uz. 31-38 sm, VAZ- ni 180-240 g. Qanoti kambarsimon, uchki qismi ingichkalashgan, uz. 23-27 sm. Osiyo, Evropa, Afrikada tarqalgan. Osiyo va Afrikaning tropik va sub- tropik hududlarida qishlaydi. O’rta Osiyoda o’troq yashaydi. Do-imiy juft hosil qiladi. Jarlar va qoyalardagi ko- vaklarga hamda daraxtlarga uya quradi. 4-5 ta tuxum qo’yib, nari va modasi na- vbatlashib bosib yotadi. Tuxumlarini 25 kundan so’ng ochib chiqadi. M. mayda kemiruvchilar, hasharotlar, kaltake- saklar b-n oziqlanadi. Zararkunanda va kasal tarqatuvchi kemiruvchilar va hasharotlarni qirib q.x.ga foyda kelti- radi.