Mirahmedov Sodiq

Mirahmedov Sodiq (1926.21.8— Toshkent -1988.18.6) — genetik-se- lektsioner olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976), VASXNIL akad. (1978). Toshkent qishloq xo’jaligi in-tining Agronomiya f-tini tugatgan (1950). O’zbekiston FA o’simliklar eks- perimental biologiyasi in-tida il — r| f~», «] miy xodim (1954— 63), lab. Mudi- ri (1964-76), Butunittifoq g’o’za selektsi- yasi va urug’chiligi i. t. in-ti direktori (1976— 86), 1986 y.dan shu in-tda ilmiy maslahatchi. M. yovvoyi Meksika g’o’zasi kenja turi (G.mexicanum Tod. Maieg) ning turlararo uzok, geografik shaklla- ri duragaylarida verti-tsillyoz viltga chidamlilikning irsiylanishi krnunla- rini aniqladi. Yovvoyi Meksika g’o’zasi b-n S-4727 g’o’za navini tur ichida uzoq geografik shakllarni duragaylash usuli orqali chatishtirib tolasi yuqori sifat- li, viltga chidamli, tezpishar, serhosil, ko’sagi yirik g’o’za navlarini yaratishning yangi usulini ishlab chikdi va Toshkent 1, Toshkent 2, Toshkent 3, Toshkent 6 na- vlarini yaratdi. «Paxtachilik entsiklo- pediyasi»ning (rus tilida, T., 1985) bosh muharriri bo’lgan. Toshkent shahridagi ko’chalardan biriga uning nomi berilgan. As: Razrabotka metoda vivedeniya viltou-stoychivix sortov xlopchatnika i Vnedrenie IX v proizvodstvo,T., 1972; Vnutrividovaya otdalennaya gibridiza- tsiya xlopchatnika G. hirsutum L. na vilto- ustoychivost, T., 1974.