Mirali, Mirali sher
Mirali, Mirali sher — Turkman xalq ijodidagi turkum afsona, satiric ertak va latifalarning bosh qahramoni. Mazkur ertak va latifalarda Navo- iy tarjimai holi aynan emas, balki uning hayoti va faoliyatidagi ayrim voqealargina badiiy bo’yoklarda ifoda etilgan. M. (Alisher Navoiy), Sulton Suyun (Husayn Boyqaro) va shoh vazirla- ri ishtirokida ertak va latifalar tur- kumida voqea mazmuni aqliy tortishuv asosiga qurilgan bo’lib, tuhmat, riyokor- lik fosh etiladi, ikki tarixiy shaxs (Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro) ning do’stligi ulug’lanadi.