Mirshab
Mirshab (Arab, Mir — hukmdor va shab — tun) — O’rta Osiyo xonliklarida ma’muriy lavozim; tungi shahar soqchisi va ularning boshlig’i. Uning zimmasiga shaharda tungi osoyishtalikni ta’min- lash mas’uliyati yuklatilgan. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, M., asosan, tungi soqchilik hamda tartib va in-tizom bajarilishini ta’minlagan va polisiya vazifasini bajargan. M. mingboshi va katta oqsoqollar ixtiyo- rida xizmatda bo’lgan. Mac, Toshkentda Okt. to’ntarishigacha M.lar tungi shahar soqchisi. Mirshabxona boshlig’i qo’rboshi deyilgan. M.lar tun bo’yi shaqildoq b-n ko’cha va mahallalarni aylanib, shahar osoyishtaligini ta’minlagan. Toshkent- ning 4 dahasida 10 tadan M., bir Mir- shabboshi bo’lgan. 1892 y.gacha M. katta oqsoqolga, keyinchalik eski shahar po- lismey-sterchga bo’ysungan.