Mirshakar

Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shug’non tumani — 1993.31.8, Dushanba) — tojik shoi- ri, dramaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida she’riyatning epik janrlarini rivojlantirgan. «Za- Far bayrog’i» (1934) dostonida Vaxshda- gi qurilishlar aks etgan. Xalq afsona- si asosida yaratilgan «Oltin qishloq» (1942) dostoni tojik she’riyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. «Notinch Panj» (1949), «muhabbat va burch» (1962) va b. dostonlarida tojik xalqi hayotidagi tarixiy voqealar ifo- dalangan. M. «Oltin qishloq» (1949), «Usmonov fojiasi» (1957) va b. drama- lar, «Ilhom» she’riy to’plami (1967), «Yoshlik ayyomi» (1972) kitobi va b. asar- lar muallifi. M. tojik bolalar adabi- yotining asoschilaridan. «Ishq ustozi» (1945), «mening shahrim» (1963) pe- salari keng ommalashgan. «Biz Pomir- danmiz», «Qobil kimu, noqobil kim?», «Hammavaqt a’lo o’qingiz», «o’rmonda», «Kuchukcha», «kulgili maymun» va b. Kito- blariga kirgan turli janrdagi she’r, do- ston va qissalarida bolalar psixologiya- si ustalik b-n ochilgan. «Oltin qishloq» (1948), «Biz Pomirdanmiz» (1952), «Tog’ qizining ishqi» (1968) kitoblari o’zbek tilida nashr qilingan.