Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim

Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim (1850-1930) — tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. M.S. Amir- likning Toshkentdagi savdo vakili (1873-85); Yakkabog’ (1893-98), Nurota (1898-1902), Boysun (1902-05), Shero- bod (1905-09), Shahrisabz (1910-13), Chorjo’y (1920) viloyatlari hokimi, bu- xoro mirshabi (1889). 1885 y.da Amir Abdulahad jo’natgan elchilar tarkibi- da Peterburgda bo’lgan. 1920 y. 29 avg. da qizil qo’shinlar tomonidan hibsga olingan va amirlikning boshqa amal- dorlari b-n Sibirga surgun qilingan. 1922-24 y.larda Buxoro Respublikasi «Avkrf», «anjumani tarix» tashki- lotlarida ishlagan. Kolesov boshliq kizil qo’shinlarning Buxoroga hujumi paytida (1918 y., mart) amirning Kole- sov b-n muzokara olib borgan vakillar hay’atiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakotchi lavozimi- ga ko’tarilgan (1917-20). M.S. «Tarixi Salimiy» (qadimdan amirlikning 1920 y.gacha tarixi), «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning darveshlar xaltasi») (1913, Toshkent), «Jomei gulzor» («gul- zor majmui») she’riy asar, «ahodisil- e’mol» («amaldagi hadislar») (1911, Buxoro), «Durratil voizin» («Voiz- lar sochgan durlar») (1909, Buxoro), «Muxbirul-hikoyot» («xabar beruvchi- ning hikoyalari») (1908, Toshkent), «ka’- bulaxbor hikoyalari» (1909, Toshkent). M.S. tazkira ham tuzgan. Qori Rahma- tulla Vozexning «Tuhfatul-ahbob» («Dilga yaqin kishilarga tuhfa») tazki- rasini nashrga tayyorlashda, o’ziga zamon- dosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi ma’- lumotlarni unga ilova qilgan. Naim Norqulov.