Mirzaboy tizmasi

Mirzaboy tizmasi — Chatqol tog’lari tarkibidagi (Toshkent viloya- ti) tizma. Katta Chimyon cho’qqisidan 8 km Jan.-g’arbda, Oqsoqotasoy havzasidagi Berkota va Nurakotasoylar oralig’ida joylashgan. Jan.-sharkdan shim.-g’arbga yo’nalgan. Uz. 8 km. Eng baland joyi 2422 m. Ikkala yon bag’rining relefi simmetrik shaklda tuzilgan, deyarli bir xil qiyofaga ega. Urtacha parchalangan. Suvayirg’ich Femida kuchli parchalangan yon bag’irlar uchraydi. Quyi va o’rta kar- bon davrining metamorfik va cho’kindi jinslaridan hosil bo’lgan. Jigarrang va och qo’ng’ir tuproklarda siyrak archa- zorlar tarqalgan. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlarning o’rtacha mahsuldorligi gektariga 5-8 ts.