Mirzo olim Toshkandiy ibn Mirza Rahim
Mirzo olim Toshkandiy ibn Mirza Rahim, Mushrif (19-a.) — tarix- chi olim, shoir. Qo’qon xonlari Xudoyor- xon va Mallaxon saroylarida Mushrif (nazoratchi) vazifasida ishlagan. 19-a. oxirida yozgan «Ansob ussalotin va tavo- rix ul-xavoqin» («sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi») asari b-n mashhur. Asar Farg’onaning 15-19-a.lar orasi- dagi tarixini o’z ichiga oladi. Muallif, ayniqsa, Ko’qon xonliginit so’nggi davri —1842—76 y.lar tarixini keng yoritgan. Asarda Qo’qon adabiy muhiti batafsil tasvirlangan. Mazkur asar bo’yicha dast- labki ma’lumotni Validiy keltirib, 1913 y.da uni Qo’qonda Yunusjon dodxoh kutubxonasida ko’rganligini yozgan. Bir nechta qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. O’zbek va tojik tillarida «Mushrif» ta- xallusi b-n she’rlar yozgan. Ac: Qo’qon xonligi tarixi (Ansob US- salotin va tavorix ul-xavoqin), T., 1995.