Mis tangalar
Mis tangalar — misdan zarb qilingan qadimgi tanga pullar. Sharqda misdan turli narsalar yasash mil. AV. 4ming yillikdan beri ma’lum. M.t. mil. AV. 8-a.ning oxiri —7-a.ning boshlari- da qad. Lidiya davlatida paydo bo’lgan, O’rta Osiyoda mil. AV. 4-a.dan boshlab muomalaga kirgan. Afrosiyob hududida Salavkiylar davlati podshosi Antiox 1 nomi yozilgan M. t. (mil.AV. 3-a.), Buxoro vohasidan kamonchi tasviri tushirilgan mayda M. t. (mil. AV. 4-a.) topilgan. 4-a. da Sugdiyona va unga tobe erlardagi aholi M. t.dan foydalangan. 7-a. o’rtalarida Sugdiyona davlatida 1 kg misdan o’rtacha 425 tanga, 8-a. o’rtalarida esa 1 kg mis- dan o’rtacha 963 tanga zarb qilingan. Af- rosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid M.t. xazinasi topildi.M.t. kumush tangalarga qo’shimcha si-fatida ishlatilgan. Ad.: Smirnova O.I., Katalog monet s goroditsha Pendjikent, M., 1963; smir — Nova o. I., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1970.